olmazor ai

Yordam / Support

Aloqa: javoxirbek1992@gmail.com. Parol yoki API kalitini xatga yubormang.

Boshlash

  1. Extension belgisini bosing — chat Chrome yon panelida ochiladi.
  2. “Hisob ochish” orqali ism, login va parol yarating yoki mavjud hisobingizga kiring.
  3. Topshiriq yozing. Zarur bo‘lsa fayl yoki “Joriy sahifa” tugmasi bilan manba biriktiring.
  4. “Chuqur tahlil” rejimi bilan dalil, taqqoslash va tavsiyalar so‘rashingiz mumkin. Javobni to‘xtatish tugmasi mavjud.

Fayllar va chegaralar

PDF, DOCX, XLSX, CSV va UTF-8 matn/kod fayllari qo‘llab-quvvatlanadi. Bir xabarga 8 tagacha manba, bitta fayl 20 MB gacha, barcha biriktirmalar matni jami 600 000 belgigacha. Skanerlangan PDF uchun oldindan OCR qilingan matn kerak. Excel formulalarining saqlangan qiymatlari olinadi; formulalar qayta hisoblanmaydi.

Brauzerda vazifa bajarish

Chrome 125 yoki yangiroq brauzerda kengaytmani oching va “Brauzerni boshqarish”ni yoqing. Rejim tanlovi hisobingiz uchun shu brauzerda eslab qolinadi. Masalan: “Bu saytni o‘rgan, profil formasini faylimdagi ma’lumotlar bilan to‘ldir, yuborma” yoki “Shu sahifani o‘zbekcha kirillga tarjima qil”. Agent skrinshot va sahifa tuzilishini o‘qib, menyu, matn maydoni, ichki freym, grafik tugma, slider, sahifa tarixi va task tablari bilan ishlaydi. Tarjimani “Asl matnni tikla” deb qaytarish mumkin. Forma qiymatlari va havolalar manzili tarjimada o‘zgartirilmaydi.

Sahifa matni va skrinshoti vazifani bajarish uchun AI xizmatiga yuboriladi. Aniqlangan maxfiy maydonlar skrinshotda yashiriladi. Chrome yangi debugger ruxsatini yangilashda ko‘rsatadi va boshqaruv vaqtida o‘z xabarini chiqarishi mumkin. Yangi saytga kirish va muhim yakuniy amallarni tasdiqlang. To‘xtatish yoki panelni yopish keyingi amallarni to‘xtatadi. Parol, OTP, CAPTCHA va tizim fayl tanlash oynasi qo‘lda bajariladi. Chrome ichki sahifalari va Web Store boshqarilmaydi. Bir task 120 model qadami, 60 daqiqa va 8 tagacha tab bilan cheklangan; keyingi topshiriqda suhbat hamda joriy sayt holatidan davom ettirish mumkin. Barcha sayt va vazifalarda mukammal natija kafolatlanmaydi.

Sahifa matni olinmasa

Oddiy veb-sahifani ochib, Chrome’dagi Olmazor AI belgisini yana bosing va “Joriy sahifa”ni tanlang. Chrome ichki sahifalari, Web Store va ayrim himoyalangan sahifalarda matn olish cheklangan.

Hisob yoki suhbatni o‘chirish

Chat tarixidagi savatcha belgisi suhbatni faol bazadan o‘chiradi. Hisobni va unga tegishli ma’lumotlarni o‘chirish uchun yuqoridagi emailga hisob loginingiz bilan murojaat qiling. Maxfiylik siyosati ma’lumotlarning AI xizmati orqali qayta ishlanishini tushuntiradi.

English

Olmazor AI has an Uzbek interface and requires an account and internet connection. Open the Chrome side panel, create an account, and submit a prompt. You can attach PDF, DOCX, XLSX, CSV and UTF-8 text/code files or explicitly attach the current webpage. Available AI models and quotas depend on the service configuration. For help or account deletion, email javoxirbek1992@gmail.com with your username. Never include passwords or API keys.